Форма входа

Поиск

Наш опрос

Бу сайтни қандай бахолайсиз?
Всего ответов: 159

Статистика





Пятница, 19.04.2024, 05:55
Приветствую Вас Гость | RSS
Жадидлар харакати
Главная | Регистрация | Вход
Munavvarqori Abdurashidxonov - Жадидлар форуми


[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Жадидлар форуми » Инқилобгача бўлган давр » Харакат фаоллари » Munavvarqori Abdurashidxonov
Munavvarqori Abdurashidxonov
SaidnosirДата: Среда, 01.08.2007, 12:58 | Сообщение # 1
Генералиссимус
Группа: Администраторы
Сообщений: 19
Репутация: 0
Статус: Offline
Bu bo'limda O'rta Osiyoda jadidchilik harakatini rivojlanishiga katta hissa qo'shgan adib, shoir va pedagog, jamoat arbobi Munavvarqori Abdurashidxonov hayoti va ijodi haqida suhbatlashsak.

Cho'q munavvar etdi olamni Munavvar qorimiz,
Ko'rdimiz ravshanligidan fe'limiz, atvorimiz.
Ibrat oling, yoshlar, deb to'kdi ko'zdan yoshlar,
Nutqida tahrir etib bizlarni yo'qu borimiz.
Tavallo

 
SaidnosirДата: Среда, 01.08.2007, 13:09 | Сообщение # 2
Генералиссимус
Группа: Администраторы
Сообщений: 19
Репутация: 0
Статус: Offline
Munavvar qori Abdurashidxonov 1878-yilda Toshkent shaxri Shayx Xovandi Tohur daha Darxon mahallasida ziyoli oilasida dunyoga keldi.Otasi Abdurashidxon Sotiboldixon Olimxon o'g'lidir.
Munavvar dastlabki ta'lim-tarbiyani onasidan olib , xat-savodi chiqqach, o'sha davrda dovrug'i chiqqan Usmon domladan saboq oladi.Bilimlarini oshirishiga akalari ham ko'mak beradilar.Qur'oni Karimni xatm qilib, "qori" unvonini olgach, "Yunusxon podsho" madrasasida bir necha yil tahsil oladi.
1898-yilda Buxoroga borib hadis, fiqh, ilmi tafsir va boshqa sohalar bo'yich tahsilni davom ettiradi.
 
SaidnosirДата: Пятница, 03.08.2007, 14:04 | Сообщение # 3
Генералиссимус
Группа: Администраторы
Сообщений: 19
Репутация: 0
Статус: Offline
Munavvar qori Toshkentga qaytib kelib bir oz vaqt Darxon masjidida imomlik qildi.U o'z mustaqil faoliyatining dastlabki qadamlaridanoq vujudga kelayotgan taraqqiyparvar-vatanparvarlar (jadidlar) harakati safiga kirdi va qisqa vaqt ichida uning rahbarlaridan biriga aylandi.Maktab ta'limini isloh qilish, xalqni ma'rifatli qilish va taraqqiyot yo'liga olib chiqish to'g'risida Ismoilbek Gaspiralining g'oyalarini so'zsiz ma'qullab, qabul qildi.U o'zining butun hayotini ana shu g'oyani Turkustonda amalga oshirishga bag'ishladi.Yangi usul maktablarini ochish, shu maktablar uchun darsliklar va o'quv qo'llanmalarini yaratish hamda nashr etish, "Jamiyati hayriya" tashkil qilish uning nomi bilan bo'g'liqdir. Bu jamiyat o'quvchilarga moddiy yordam berdi, ulardan eng yaxshilarini o'qish uchun Rossiya va Turkiyadagi oliy o'quv yurtlariga yuborishni tashkil qildi.
 
Жадидлар форуми » Инқилобгача бўлган давр » Харакат фаоллари » Munavvarqori Abdurashidxonov
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Copyright MyCorp © 2024