Форма входа

Поиск

Календарь

«  Август 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Наш опрос

Бу сайтни қандай бахолайсиз?
Всего ответов: 147

Статистика


Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0




Пятница, 19.10.2018, 00:18
Приветствую Вас Гость | RSS
Жадидлар харакати
Главная | Регистрация | Вход
Главная » 2007 » Август » 15 » Saidnosir Mirjalilov
22:19
Saidnosir Mirjalilov
Saidnosir Mirjalilov (1884-1937)

Atoqli ma'rifatparvar, Turkistondagi milliy ozodlik harakatining taniqli namoyandalaridan biri Saidnosir Mirjalilov 1884-yili Turkiston shahrida tavallud topgan.

Yoshligidan о'ta ziyrak, tadbirkor va mehnatkash bо'lgan Saidnosir tujjorlik faoliyatini kichik bir gazlama do`konini ochishdan boshlagan. Ко'р о'tmay u Turkistonda birinchi jadid maktabini tashkil etgan. 1914- yilda paxta zavodini qurib, Turkistonning taniqli boylari va savdogarlaridan biri sifatida shuhrat qozongan.

S.Mirjalilov 1917-yil siyosiy faoliyatga о'tadi. Fevral inqilobidan so`ng u Toshkentda tashkil etilgan "Sho`royi islomiya" tashkilotining faol а'zolaridan biriga aylandi. Turkiston mustaqillikka erishishini orzu qilgan Saidnosir Mirjalilov tijoratchi sifatida topgan sarmoyasining katta qismini milliy ittihod va istiqlol uchun olib borilgan kurashga bag`ishladi. Turkiston Muxtoriyati hukumatining barpo etilishida faol ishtirok etdi va hukumat а'zosi etib saylandi. Muxtoriyat qonga botirilib, uning rahbarlari ta'qib ostiga olingach, S. Mirjalilov xorijga ketishga majbur bо'ldi vа dastlab Samaraga borib, Turkistonda ro`у berayotgan xunrezliklarga chek qo`yish уо'llarini axtardi, so`ng Turkiya vа Tiflisda bir muddat yashadi. Bolsheviklar е'lon qilgan umumiy afvga ishonib, u 1921-yili vataniga qaytdi. U "Turkiston" savdo-sanoat shirkatini tashkil qilib, undan tushgan foyda evaziga "Ko`mak" jamiyati orqali iste'dodli yoshlarni Germaniya ча boshqa mamlakatlarga о'qishga yuborish, "Nashri maorif" jamiyati faoliyatini avj oldirish ishiga о'z ulushini qo`shdi. Lekin bolsheviklar kuzatuvidan ozod bо'lmagan S.Mirjalilov 1925-yil 12-dekabr kuni hibsga olinib, Solovetsk orollariga qamoqqa yuborildi. U uch yillik qamoq muddatini о'taganidan keyin-1932-yili yana besh yil muddatga qamaladi, nihoyat 1937-yil 21-iyul kuni takror hibsga olinib, о'sha yilning 25-oktabrida otib tashlandi.

Saidnosir Mirjalilov qabrining qayerdaligi noma'lum.

Просмотров: 1357 | Добавил: jadid | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Copyright MyCorp © 2018