Календарь
| « Август 2007 » |
| Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Статистика
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|
Главная » 2007 » Август » 15 » Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li
22:25 Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li |

Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li(1878—1931) Munavvarqori 1878 yili Toshkentda tug'ilgan. 1931 yil 23 mayida Moskvaning mashhur Butirkasida otilib, Vagankovo qabristoniga pinhona ko'mildi.
Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li U 1901 yilda Toshkentda birinchilardan bo'lib, «usuli jadid» maktabini ochadi. Bu maktablar uchun «Adibi avval», «Adibi soniy» kabi alifbo va xrestomatiyalar, «Tajvid al-Qur’on», «Yer yuzi» singari darsliklar tuzib, nashr etadi.
Shayxontohurda ochgan «Rushdiya» (o'rta) maktabi «Namuna» atalib ismiga mos edi.
Munavvarqori dastxati Munavvarqori oʻzbek milliy matbuotining dastlabki namunasi — 1906 yilda chiqqan «Taraqqiy» gazetasi tashkilotchilaridan va mualliflaridan edi. O'sha yili u «Xurshid» gazetasini chiqardi. Munavvarqori XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy harakatchilikning, milliy ozodlik koʻtarilishining eng eʼtiborli namoyondalaridandir.
1909 yilda u do'stlari yordamida «Jamiyati xayriya» tuzadi, 1913 yilda «Turon» jamiyatini taʼsis etadi. «Maktab», «Nashriyot» kabi shirkatlar ochadi. «Turon» jamiyatining qoshida «Turon» kutubxonasi, «Turon» gazetasi (1917) tashkil topgan edi.
20-yillarda esa u tilshunoslikka oid asarlar yozdi. Uning 1925 yilda Qayum Ramazon va Shorasul Zunnun bilan hamkorlikdagi uch boʻlimlik «O'zbekcha til saboqligi» kitobi shu yoʻldagi jiddiy ishlardan boʻldi.
Nashr qilingan adabiyotlar: Munavvarqori. Xotiralarim. Turon tarixi, T., 1991, 1994. Munavvarqori. Xotiralarimdan. T.: Sharq, 2000.
|
|
Просмотров: 3580 |
Добавил: jadid
| Рейтинг: 1.0/1 |
|
|