Форма входа

Поиск

Календарь

«  Август 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Наш опрос

Бу сайтни қандай бахолайсиз?
Всего ответов: 159

Статистика


Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0




Четверг, 21.11.2024, 10:43
Приветствую Вас Гость | RSS
Жадидлар харакати
Главная | Регистрация | Вход
Главная » 2007 » Август » 15 » Hamza Hakimzoda Niyoziy
22:22
Hamza Hakimzoda Niyoziy
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889—1929) Hamza jadid adabiyoti namoyandasi, shoir, dramaturg, adib va muallim.

1889 yili Qo'qon shahrida tug'ildi. Eski maktabda, madrasada va ovrupocha maktabda ta'lim oldi.

Hamza usuli jadid maktablarining faol tashkilotchilaridan. U 1910 yili Toshkentda, 1911 yili Qo'qonda, 1914 yili Marg'ilonda, shu yili yana Qo'qonda shunday maktablar ochadi. Muallimlik, tashviqotchilik bilan shug'ullanadi.

10-yillar oxiridan gazeta va jurnallar chiqarishga kirishadi. «Kengash» (1917), «Hurriyat» (1917) jurnallarini ta'sis etadi, ularga muharrirlik qiladi.

1918 yili Hamza sayyor dramtruppa tuzadi. Bu truppa uchun o'zi dramalar yozadi. «Tarjimai hol»ida ta'kidlashicha, bu truppada o'zi rejissyorlik, artistlik, suflyorlik qilgan.

U Xitoy, Hindiston, Afg'oniston, Eron, Turkiya va Arab mamlakatlarida bo'lgan. Haj amallarini bajargan.

1920 yili Qo'qonga qaytib kelib, maorif sohasida xizmat qiladi. Shu yil oxirida Buxoroga boradi. Bir yilcha yashab, 1921 yil so'nggida Toshkentga va undan Xorazmga o'tadi va u erda profsoyuzning madaniy-maorif shu’basida ishlaydi. Xorazmdan Xo'jayliga borib, 1924 yil iyulgacha o'zi tashkil etgan internatda faoliyat ko'rsatadi. 1925 yili Farg'onaga borib, Shohimardonda kolxoz tuzish, maktablar ochish, xalqning savodini chiqarish ishlari bilan shug'ullanadi.

1928 yildan unga nisbatan ta'qib va tazyiq ko'rsatila boshlaydi. Moddiy va ma'naviy qiyinchilik, iztiroblarni boshdan kechiradi. 1929 yil 18 martda Hamza toshbo'ron qilinib, vahshiylarcha o'ldiriladi.

Shoirning «Gul» (1913—1916), «Milliy ashulalar uchun milliy she'rlar majmuasi» (1915—1917) she'riy to'plamlaridagi «Yig'la Turkiston», «Yaxshi holin yo'qotgan oqibatsiz Turkiston», «Ko'zni oching, qardoshlar», «Darmon istariz» kabi she'rlarida milliy uyg'onish g'oyasi katta mahorat bilan ifodalangan.

Hamza dramaturg sifatida «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» (1916), «Tuhmatchilar jazosi» (1919), «Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi» (1926), «Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi» (1927) kabi asarlari orqali o'zbek adabiyotini boyitdi. «Yangi saodat» milliy romani o'zbek nasrining ilk namunalaridan.

Ma'rifat, milliy istiqlol va ozodlik g'oyalari Hamza ijodining leytmotivini tashkil qiladi.

Hamza jahon adabiyoti va matbuotiga katta qiziqish bilan qaradi. Rossiya, Tatariston, Ozarbayjon, Turkiya va Arab mamlakatlari adabiyoti namunalarini mutolaa qildi. U yerlardagi maorif-o'qitish sohasidagi yangiliklarga qiziqdi. Ulardan o'z faoliyatida samarali foydalandi.

Hamza ijodi bilan O'zMU professori L. Qayumov ko'p yillardan beri shug'ullanib keladi. Bundan tashqari, M. Rahmonov, Yu. Sultonov kabi olimlar ham tadqiqotlar yaratganlar.

Toshkent shahrining markaziy tumanlaridan biriga Hamza nomi berilgan.

Просмотров: 8705 | Добавил: jadid | Рейтинг: 2.2/13
Всего комментариев: 3
3 Даниил-еврей  
0
четкий сайт и статья наверное классная раз такие отклики)я в уб ноль,а это мой реферат, спасибо jadid.my1.ru!!!!!

2 Humoyun  
0
etot sayt mne prigadilsa!

1 Humoyun  
0
eta klass!!!

Имя *:
Email *:
Код *:

Copyright MyCorp © 2024