Форма входа

Поиск

Календарь

«  Май 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Наш опрос

Бу сайтни қандай бахолайсиз?
Всего ответов: 159

Статистика


Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0




Четверг, 21.11.2024, 10:54
Приветствую Вас Гость | RSS
Жадидлар харакати
Главная | Регистрация | Вход
Главная » 2008 » Май » 15 » "SHO‘ROYI ISLOM"NING QARORNOMASI
13:16
"SHO‘ROYI ISLOM"NING QARORNOMASI
"SHO‘ROYI ISLOM"NING QARORNOMASI Muhtaram musulmonlar! Hozirgi qiymatchilik va oziqsizlik shul qadar ko‘rqinchlikdarajag‘a bordiki, ko‘p oilalar, faqir va bechoralar pulga ham ozuq topolmasdan ko‘cha-bako‘cha sargardon bo‘lib, necha kunlarg‘acha och turmoqqa majburiyat ko‘rurlar. Hozirda davom etub turg‘on dahshatlik urush, bu yilgi suvsizlik va chogirdka balolari bu holni minba’d yana qo‘rqinchliroq darajag‘a olib boradirg‘ong‘a o‘xshab ko‘rinadur. "Turkiston musulmonlarining syezdi" mana shul holni e’tiborg‘a olinmak, oramizda bo‘lub turg‘on ba’zi bid’at va isrofot ishlarni, chunonchi, to‘y, ma’raka, gap, bazm, yalochi, qazoqlar orasidagi uloq, poyga va janoza kuni bo‘ladirg‘on isrofotni bilkulliya barham bermoqg‘a qaror berdi. "Sho‘royi islomiya"ning 12 aprelda voqe’umumiy majlisida Toshkentning qozilari va ulamolari ham bu ishning aksarini shariatga xilof topdilar va o‘z oralarindan bir komissiya saylab, to‘y va ma’rakalarni bundan buyon kuyidagi tartibda qilinsun deb xalqqa e’lon qilmoqni shul komissiyalarg‘a topshirdilar. Birinchisi, janoza kuni imom va ulamolarg‘a yirtish va choponlar ulashmoq, qarindosh-urug‘larga qora kiyimliklardek nimarsalar bermoq, yug‘uchi va otunlarg‘a ijroyi xizmatlaridan ziyoda har xil kiyimlar bermoq, otinlar kelib tovush chiqorib o‘qimoq, sadr qilmoq, xotunlarg‘a ulashiladirg‘on yetti, gul, qovoq oshi, qor yog‘di, laylak keldi, qovun-uzum, yigirma, qirq, hayit fotiha va yil oshidek xalqqa osh beriladurg‘on isrofdir; qozoqlar orasidagi yil oshi, poygalar va ahil kasabalar tarafidan arvoh, pari ismi bilan beriladirg‘on osh va ziyofatlar-ni yo‘q qilindi va bular badalig‘a janoza kuni davlatlik kishilar ulamo-imomlarg‘a pul berish, xayrot qilmoqlari ham(da) yuqorida mazkur ma’raka kunlarida mahalladan uch-to‘rt kishi chaqirib xatmi Qur’on qildirmoqlari mumkindir. Ikkinchi, qiz to‘ylarida sovchigarchilik, fatir, kichik to‘y, qozon qaytarish, katta to‘y, bazm va kecha isroflari va yuz ko‘rar, hayitlarda mol yoyib, kelin ko‘rmoq, qiz oshi bermoq va nikoh kunlarida yallachilar o‘ynamoq, yor-yor aytmoq, xotunlarning har biriga alohida non va oshlar tortmoq, "to‘qqiz-to‘qqiz", sanduqlarda churib ketaturg‘on gulko‘rpa, falak, ko‘rpalardek foydasiz mollar, ko‘chalardin miyoncha ko‘tarib yoki aroba va tuyalarga g‘alla va boshqa xil narsalar ortib to‘y yubormoq, qazoklardagi qalin olmoq va shunga o‘xshash isrofot va bid’atlar bil-kulliya mamnu’dir. Bunlar o‘rnig‘a kelin va kuyov ta-raflari kiyim va zaruriyat uy asboblari to‘g‘risinda pul ila bitishsunlar ham nikoh kuni kuyov o‘zi oshnalari va mahalla kishilari birlan bekar-nay, faqat surnay birlan borib nikoh qilurlar va kelin taraf o‘z qarindoshlari birlan kelinni olib borurlar. Faqat, kuyov ila boradurg‘on kishilarning yigirma-qirq kishidan oshmaslig‘i lozimdir. Chor lari ham martaba kuni bo‘lib, kuyov ila birga bora durg‘on kishilardin kelin ila boradurg‘on xotunlar ham o‘n kishidan ortuq bo‘lmasin. Chorlari faqat taom yemoq uchungina bo‘lib, tugib olib ketmoklari va yana beshik to‘yi, chillagarizonlar butunlay yo‘qolib bitsunlar Uchinchi, o‘g‘il to‘yida atrofdagi mahallalardan odamlar chaqirub osh bermoq, uloq bermoq, xotun oshi bermok, xatna qilinadirg‘on bolalarg‘a nasha va xam ko‘cha-bako‘cha sargardon qilib, okcha yig‘moq va shunlarg‘a o‘xshag‘on isroflar bilkulliya mamnu’dir. Faqat davlatlik kishilar ulamo va imomlarni chaqirub kichikroq bir mavlud majlisi yasab va faqir kishilar mahalladan uch-to‘rt kishinigina chaqirub, o‘g‘illarini xatna qildirurlar. "Sho‘royi Islomiya" davlatlik kishilardin iltimos qiladurki, mavlud majlisini ham ko‘b katta qilib yubormasdin, mumkin qadar qasdi rioya qilsalar (tejab sarf qilsalar) ham to‘yda... pul va g‘alla sarfi mahallalaridagi och va yalang‘och, beva-bechoralarg‘a, maktab va madrasa va jamiyati xayriyalarg‘a bersalar. Ushbu tartibga muxolifat qilg‘on kishilarning ma’raka va to‘ylarini to‘xtamli va aybnoma (protokol) yozub qozilarg‘a topshurmoq va shahar boshluklariga havola qilinadi. Bunday kishilarni shar’an harom bo‘lg‘on isrofgarchilig‘i uchun muhtaram qozilar shariatga muvofiq qattig‘ jazog‘a mustahiq qiladurlar. Muhtaram mahalla imomlari va mahalla ko‘mitetlaridin iltimos qiladurki, ushbu e’lonnomani xalqqa tushuntirib, xalqni ushbu tartibdan chiqmasligiga targ‘ib va tashviq qilsalar edi. Chunki janobi Haq taolo isrof qilg‘uvchilarni suymas. "Sho‘royi Islomiya" raisi muovini Munavvarqori Mullo Said Axrorxon mahzum Mullo Murodxo‘ja eshon, Mullo Muhammadxo‘ja eshon, Mullo Abdusami’qori ("NAJOT" gazetasi, 1917 yil 28 aprel 10-son.)
Просмотров: 2654 | Добавил: jadid | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Copyright MyCorp © 2024