O'LKA MAORIF KOMISSARIATI TARAFIDAN:
Musulmon maktablarida din darslari
O'tkan 1918 yil 4 noyabrda Maorif komissariati tarafindan chiqarilg‘on 38 raqamli buyruqning 6-moddasinda musulmon maktablarida din darslari o‘qitmoq to‘g‘risinda tubandag‘i so‘zlar yozilg‘on edi:
«Musulmon xalqi o‘rtasindag‘i taraqqiyotning ozlig‘in va unlar orasindag‘i taassub va qoraliqlarni e'tiborg‘a olib, din darslari to‘g‘risinda musulmon maktablarig‘a istisno qilinur, ham musulmon maktablaridan shogirdlarig‘a (imomlar tarafindan o‘qitilmoq sharti ila) tahorat va shunga o‘xshash muhimroq havoyiji diniyalarin o‘rgatmakka muallimlarg‘a ixtiyor berildi».
Butun Turkiston jumhuriyatindag‘i yerlik maktablarda din darslarini o‘qituv va maktabda ibodatlar qildiruv man' qiling‘on holda, yolg‘uz musulmonlar uchun istisno tariq
...
Давоми »