Адабиёт ҳар
бир миллатнинг ҳисли кўнгул тарихининг энг қоронғу хоналарида маишат
(тирикчилик)нинг кетишига қараб ҳар хил тусда ва рангда етишган, файзли тил
бирла тақдир этула олмайдирғон бир гулдир.Ушбу яшадигимиз муҳит доирасинда анинг тўлқуни
одамнинг ҳар хил маишатига қараб ўзгарадир.
Ҳар синф,
халқнинг ўзига махсус оҳанги, ўзига таъсир қиладурғон зори бўлур. Мана шул муҳит
бўшлигинда бўлган қатъий тўлқуннинг бир-бирига бирлашмагидан ҳар одамга ҳар хил
шодлиқ ва ё кўб аччиқ таъсир этмагиндан одамнинг кўнглида ўзи билмасдан
... Давоми »
O'LKA MAORIF KOMISSARIATI TARAFIDAN: Musulmon maktablarida din darslari
O'tkan 1918 yil 4 noyabrda Maorif komissariati tarafindan chiqarilg‘on 38 raqamli buyruqning 6-moddasinda musulmon maktablarida din darslari o‘qitmoq to‘g‘risinda tubandag‘i so‘zlar yozilg‘on edi:
«Musulmon xalqi o‘rtasindag‘i taraqqiyotning ozlig‘in va unlar orasindag‘i taassub va qoraliqlarni e'tiborg‘a olib, din darslari to‘g‘risinda musulmon maktablarig‘a istisno qilinur, ham musulmon maktablaridan shogirdlarig‘a (imomlar tarafindan o‘qitilmoq sharti ila) tahorat va shunga o‘xshash muhimroq havoyiji diniyalarin o‘rgatmakka muallimlarg‘a ixtiyor berildi».
Butun Turkiston jumhuriyatindag‘i yerlik maktablarda din darslarini o‘qituv va maktabda ibodatlar qildiruv man' qiling‘on holda, yolg‘uz musulmonlar uchun istisno tariq
... Давоми »
Чўлпон XX аср ўзбек шеъриятининг энг йирик вакили. У ўткир шеърияти, юксак таржималари, кучли драмалари, мумтоз романи ва куюнчаклик билан ёзилган публицистик мақолалари ҳамда жанговар ижтимой фаолияти билан ўзбек адабиёти, ўзбек маданияти ва ўзбек миллий тафаккури ривожига ўзининг улкан ҳиссасини қўшди. Адабиётга маърифатпарвар сифатида кириб келган Чўлпон озодлик, тенглик, адолат, мустақилликнинг қўрқмас куйчиси ва зулм, ёвузлик, босқинчилик, талончиликнинг ашаддий душмани сифатида шуҳрат қозонди, ҳатто, «чўлпончилик» деган йўналишнинг сардорига айланди (совет мафкурачилари «чўлпончилик» иборасини аслида салбий, яъни «миллатчилик» маъносида қўллаган, ҳақиқатда эса у миллатпарварлик, адолатпарварлик тушунчасини ифодалаган). Чўл
... Давоми »
Янги тузумдан нажот кутган Ҳамзага ўхшаган ижодкорлар атеистик мавзуларда асарлар ёзишга ўтди.
Мустақиллик даврида тарихимизни, адабий меросимизни, айниқса, қирғин-қатағон қилинган ёзувчилар ижодини ўрганишга кенг йўл очилди, бу борада ҳозир кўп ишлар қилинмоқда. Жумладан, Ҳамза шеъриятининг ўзи биланоқ адабиётимиз тарихидан мустаҳкам ўрин олиши мумкин.
Ҳамза ўзбек театрининг яратилиши ва ривожига катта ҳисса қўшди. Дарсликларида бутунлай янги принципни қўллади: улар диний ва дунёвий илм асосида ёзилди. Бир мақоласида «Ким ҳақиқатпараст, ким миллатни суювчи, ким ўз халқини бир кўзда кўрувчи, ким жамоат хизматига жони-молин
... Давоми »
...Уларнинг жисмлари ҳибсда. Руҳлари эса озодликда. Ҳозир ўқлар узилади. Бедор юраклар уришдан тўхтайди. Жисм ҳаёт чоғида агар юрак фақат қон ҳайдаш билан банд бўлган бўлса, жон чиқиши билан у ҳам ўлар. Агар юрак эл ғамида, инсонлар ғамида яшаган бўлса, бир ўқ тегиши нима экан, қийма-қийма қилиниб зарралари олам аро сочиб юборилса ҳам ўлмайди, яшайверади...
"SHO‘ROYI ISLOM"NING QARORNOMASI
Muhtaram musulmonlar!
Hozirgi qiymatchilik va oziqsizlik shul qadar ko‘rqinchlikdarajag‘a bordiki, ko‘p oilalar, faqir va bechoralar pulga ham ozuq topolmasdan ko‘cha-bako‘cha sargardon bo‘lib, necha kunlarg‘acha och turmoqqa majburiyat ko‘rurlar. Hozirda davom etub turg‘on dahshatlik urush, bu yilgi suvsizlik va chogirdka balolari bu holni minba’d yana qo‘rqinchliroq darajag‘a olib boradirg‘ong‘a o‘xshab ko‘rinadur. "Turkiston musulmonlarining syezdi" mana shul holni e’tiborg‘a olinmak, oramizda bo‘lub turg‘on ba’zi bid’at va isrofot ishlarni, chunonchi, to‘y, ma’raka, gap, bazm, yalochi, qazoqlar orasidagi uloq, poyga va janoza kuni bo‘ladirg‘on isrofotni bilkulliya barham bermoqg‘a qaror berdi.
"Sho‘royi islomiya"ning 12 aprelda voqe’umumiy majlisida Toshkentning qozilari va ulamolari ham bu ishning aksarini shariatga xilof topdilar va o‘z oralarindan bir komissiya saylab, to‘y va ma’rakalarni bundan buyon kuyidagi tartibda qilinsun deb xalqqa e’lo
... Давоми »
Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li(1878—1931) Munavvarqori 1878 yili Toshkentda tug'ilgan. 1931 yil 23 mayida Moskvaning mashhur Butirkasida otilib, Vagankovo qabristoniga pinhona ko'mildi.
Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li U 1901 yilda Toshkentda birinchilardan bo'lib, «usuli jadid» maktabini ochadi. Bu maktablar uchun «Adibi avval», «Adibi soniy» kabi alifbo va xrestomatiyalar, «Tajvid al-Qur’on», «Yer yuzi» singari darsliklar tuzib, nashr etadi.
Shayxontohurda ochgan «Rushdiya» (o'rta) maktabi «Namuna» atalib ismiga mos edi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889—1929) Hamza jadid adabiyoti namoyandasi, shoir, dramaturg, adib va muallim.
1889 yili Qo'qon shahrida tug'ildi. Eski maktabda, madrasada va ovrupocha maktabda ta'lim oldi.
Hamza usuli jadid maktablarining faol tashkilotchilaridan. U 1910 yili Toshkentda, 1911 yili Qo'qonda, 1914 yili Marg'ilonda, shu yili yana Qo'qonda shunday maktablar ochadi. Muallimlik, tashviqotchilik bilan shug'ullanadi.
10-yillar oxiridan gazeta va jurnallar chiqarishga kirishadi. «Kengash» (1917), «Hurriyat» (1917) jurnallarini ta'sis etadi, ularga muharrirlik qiladi.
1918 yili Hamza sayyor dramtruppa tuzadi. Bu truppa uchun o'zi dramalar yozadi. «Tarjimai hol»ida ta'kidlashicha, bu truppada o'zi rejissyorlik, artistlik, suflyorlik qilgan.
U Xitoy, Hindiston, Afg'oniston, Eron, Turkiya va Arab mamlakatlarida bo'lgan. Haj amallarini bajargan.
1920 yili Qo'qonga qaytib kelib, maori
... Давоми »
Atoqli ma'rifatparvar, Turkistondagi milliy ozodlik harakatining taniqli namoyandalaridan biri Saidnosir Mirjalilov 1884-yili Turkiston shahrida tavallud topgan.
Yoshligidan о'ta ziyrak, tadbirkor va mehnatkash bо'lgan Saidnosir tujjorlik faoliyatini kichik bir gazlama do`konini ochishdan boshlagan. Ко'р о'tmay u Turkistonda birinchi jadid maktabini tashkil etgan. 1914- yilda paxta zavodini qurib, Turkistonning taniqli boylari va savdogarlaridan biri sifatida shuhrat qozongan.
S.Mirjalilov 1917-yil siyosiy faoliyatga о'tadi. Fevral inqilobidan so`ng u Toshkentda tashkil etilgan "Sho`royi islomiya" tashkilotining faol а'zolaridan biriga aylandi. Turkiston mustaqillikka erishishini orzu qilgan Saidnosir Mirjalilov tijoratchi sifatida topgan sarmoyasining katta qismini milliy ittihod va istiqlol uchun olib borilgan kuras
... Давоми »
Abdurauf Fitrat XX asr o'zbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili, qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyachisi, o'tkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jangovar publitsit , noshir va jurnalist, talantli davlat va jamoat arbobi.